“Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘i
Introducing
“Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘i
Omonqo‘ton milliy tabiat bog‘i umumiy yer maydoni 1500 gektar bo‘lib, dengiz sathidan 1600-1800 m. balandlikda joylashgan. Hududning 1000 ga qo‘riqxona 400 ga rekreatsion va 100 ga xo‘jalik zonalaridan iborat. Tabiat bog‘i “Zarafshon tog‘ tizmalari”ning Samarqand viloyati Urgut tumani hududidagi qismida, yaʼni “Taxti Qoracha” dovoni (M-39 avtomagistrali)ning sharqiy tomonida joylashgan. Uning asosiy qismini o‘rmonzor va tog‘lik hamda xilma xil tabiiy landshaftilardan iborat bo‘lgan hudud tashkil etadi.
Hududda Bahora va Amir Temur nomli bolalar yozgi dam olish oromgohlari joylashgan.
Flora: Omonqo‘ton milliy tabiat bogi xududida 1300 dan ortiq o‘simlik turlari mavjud.
Shulardan 60 xil turdan ortiq dorivor o‘simliklar; kiyik o‘ti, tog‘ rayhoni, ro‘voch, avruk, zveroboy, bessmertnik, andiz, yovvoyi kavrak, namatak, tog‘ piyozi, tog‘ choyi, zira, barbaris, achchiq kuchala (yovvoyi imbir), to‘rt xil tog‘ olchasi, yovvoyi nok, qizil (yevvoyi do‘lana) va boshqa ko‘plab dorivor o‘simliklar o‘sadi.
Asoiy daraxtlar va butalardan: Akatsiya, aylant, achchiq bodom, krim karagayi, Zarafshon archasi, dub, yasen, pista, grek yongogi, fark, oq do‘lana, o‘rik, olma, zarang, jangal, chakak va boshka daraxt va butalar mavjud.
Shuningdek, tog‘ lolasi (tyulpan Korolkova) safsar gul (iriska) piramida (gul), qoqi o‘t (aduvanchik, boychechak (ok va sariq turlari) yovvoyi liliya, romashka va bir necha unlab turdagi gullar mavjud.
Fauna: umurtqali xayvonlarning 127 turi uchrashi aniqlangan.
Shu jumladan, sut emizuvchilar sinfi 11 tur (bo‘ri, tulki, chiyabo‘ri, quyon, yumronqoziq, tipratikan, olmaxon va boshqalar;
Suvda va quruqlikda yashovchilarning 2 sinfi mavjud.
Qushlardan: 104 tur bo‘lib, burgut, tasqara, kalxat, loyxo‘rak, kaklik, kaftar (ikkita turi) bulbul, shegol, konareyka, boy o‘gli, lochin, musicha, dyatel, qora qush, sassiq popushak, chumchuk, mayna, ola shaq-shaqa va boshqa qushlar uchraydi.
Sudralib yuruvchilardan: 8 tur bo‘lib, kobra, gyurza, shaqildok ilon (pogremuchaya zmeya) olachipor, ko‘lvor, sariq ilon, kaltakesak mavjud.
TMXI “Qizil ro‘yxati va O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob hayvon va qushlar 9 turni tashkil etadi.
Ekoturizm maskanlari: Hududda bir qator diqqatga sazovor hamda Respublikamiz va xorijiy davlatlarda ko‘pchilik yaxshi biladigan tarixiy joylar mavjud:
· Iskandar (Makedonskiy) kestirgan qoya tosh.
· “Omonqo‘ton g‘ori” (peshera Lva) ushbu g‘orda 1947 yilda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida neondartal odam yashaganligi aniqlangan va ibtidoiy jamoa davriga xos bo‘lgan tosh ov qurollari va boshqa narsalar topilgan.
· Qarag‘ayzor (sosnoviy dvor)da 1878 yilda ekilgan Qrim qarag‘aylari (sosna) lar qad ko‘targan.
· Toshlar qirolligi (Kamennoye sarstvo) tabiat bog‘ining “Olmaliksoy” va “Chekkasoy” hududidagi qo‘l bilan terib qo‘yilganga o‘xshagan toshlar uyumi.
· Yuqori g‘or (kamar) Chekkasoy hududidagi qoyaning tepa qismida joylashgan kichik g‘or.
· “Taxti Qoracha” qadimiy dovoni. Eramizdan oldingi davrlardan boshlab Samarqand va Shahrisabzni bog‘lab turuvchi Buyuk Ipak yo‘lining bir tarmog‘i. Ushbu yo‘ldan Buyuk sarkarda Amir Temur bobomiz doimiy o‘tib qaytgan. Asrlar davomida Yevropa bilan Afg‘oniston, Pokiston va Hindiston davlatlarini bog‘lab turuvchi yo‘l vazifasini o‘tab kelgan.
· Hazrati Ali roziyallohu anhu nomoz o‘qigan tosh (kamen jelaniya).
· Taxti Qoracha qasri poydevor qoldiqlari (1398 yilda qurilgan bo‘lib, taxminan 16 asr boshlarida urushlar tufayli vayron qilingan).
Qo‘riqxonaga tutash joyda Do‘stlik oromgohining 160 o‘rinlik mexmonxonasi mavjud.
Shu bilan birga atrofda ko‘plab mexmon uylari, choyxona va restoranlar mavjud.
Manzil: Samarqand viloyati, Urgut tumani, “Omonqo‘ton” mahallasi.
